Ikki trln qarzdorlik: bu pullar o‘zbekistonliklardan majburiy tarzda undiriladi

Aholining faqatgina 50-60 foizi issiqlik ta’minoti to‘lovlarini muntazam amalga oshirib boradi
Sputnik
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Bugungi kunga kelib o‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan debitor qarzdorligi 2 trln 100 ming so‘mga yetgan. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, aholining issiqlik ta’minoti korxonalarining gaz, elektr va sovuq suvdan qarzi esa — ikki yarim trillion so‘mni tashkil etgan.
Mazkur qarzdorlikni undirish uchun 20 ga yaqin issiqlik ta’minoti korxonasi joylarga chiqib, aholiga tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Iloji bo‘lmagan hollarda esa yozma ogohlantirishlardan so‘ng, sud organlariga murojaat qilib, majburiy tartibda undirish choralarini ko‘rishmoqda.
Qayd etilishicha, faqatgina 50-60 foiz aholi muntazam ravishda to‘lovlarni amalga oshirib boradi. Qolgan 35-40 foiz aholiga bunday choralar ko‘rilmasa, to‘lovlarni undirish imkoniyati judayam past.