O‘zbekiston va Tojikiston xavfli yuklar tranziti bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi

Mazkur hujjat qo‘shni mamlakatlarning do‘stona aloqalarini mustahkamlanishi va kengayishiga xizmat qiladi
Sputnik
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Tojikiston O‘zbekiston bilan ayrim yuklar tranziti bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Tojikiston qyyi palatasi xabar bermoqda.
Tojikiston quyi palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida xavfli bo‘lgan yuklarni O‘zbekiston orqali tashish tranziti bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Qayd etilishicha, hujjat davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Bitim xavfli yuklarni Tojikistonga olib kirishning muqobil usullaridan biriga aylanadi hamda tadbirkorlik subyektlarining uzluksiz ishlab borishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu qo‘shni davlat iqtisodiyoti rivoji uchun xizmat qiladi.
Samarqandda O‘zbekiston-Tojikiston demarkatsiya komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xavfli yuklar — texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar kiradi
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda alohida xavfli yuklarni avtotransportda tashishda IIV hududiy organlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma, ichki ishlar organlarining qurolli soqchilari, hududiy YHXBlarning avtomotransport vositalari hamrohligi talab etiladi.