O‘zbekiston Qirg‘izistonda ikkita maktab quradi

Umumta’lim maktablari 330 o‘rinli bo‘ladi. Ularni Samarkandek va Margun qishloqlarida bunyod etish rejalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘izistonda ikkita maktab bunyod etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i keneshi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Botken viloyatining Samarkandek qishlog‘ida va Leylek viloyatining Margun qishlog‘ida ikkita maktab bunyod etishni rejalashtirmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, umumta’lim maktablari 330 o‘rinli bo‘ladi.
Maktab binolarini qurish uchun Margun qishlog‘ida (0,30 gektar) va Samarkandek qishlog‘ida (0,75 gektar) yer maydoni ajratilgan. Maktablar qurib bitkazilgach, Qirg‘iziston mulkiga o‘tkazib beriladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari 13 million dollarlik shartnomalar imzolashdi
Avvalroq O‘zbekiston Bobur nomidagi O‘sh drama teatrini ta’mirlashga hissa qo‘shishi xabar qilingan edi.
O‘tgan yilning dekabrida O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonda qurilgan 200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirilgan edi.