Migrantlar orasida radikal g‘oyalar tarqalishiga qarshi keskin kurashish kerak – Patrushev

Patrushev migrantlar orasida narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatchilik va ekstremizm g‘oyalari targ‘iboti oshayotganiga e’tibor qaratdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Rossiyada so‘nggi yilda mehnat migrantlari orasida jinoyatchilik miqdori oshmoqda va shu sababli IIV o‘z faoliyatini susaytirmasligi kerak, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, milliy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan majlisda.
Xususan, narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar miqdori keskin oshgan. Ushbu yil davomida Rossiyaning Markaziy hududida 6 tonnaga yaqin narkotik va psixotrop moddalar qo‘lga olingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘p, - dedi Patrushev.
Undan tashqari, 2021-yil davomida markaziy hududlarda 132ta yashirin narkotik moddalar ishlab chiqaruvchi zavodlar aniqlangan, 13 000 kishi narkotiklarni ishlab chiqarish, tashish, konrabanda qilish bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Sharqiy Osiyo va Yevropadan narkotiklar kontrabandasi aniqlangan.
Sobiq Ittifoq respublikalari, O‘zbekiston, Tojikiston va Ukraina fuqarolaridan 600 nafari narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Patrushev aytishiga ko‘ra, narkotiklarni internet va IT-texnologiyalar yordamida sotish bilan bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish darajasi ham oshgan.Shuningdek, Xavfsizlik kengashi kotibi, hududlarda migrantlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishini oldini olishga chaqirdi.
Moskva viloyatidagi masjidda tekshiruv o‘tkazildi: 140 nafar migrant qo‘lga olindi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududiga turli radikal diniy harakatlar tarafdorlari kirib kelib, migrantlar ommaviy yashaydigan joylarda targ‘ibotlar o‘tkazmoqda.
“Men barcha hudud rahbarlari va maxsus xizmat vakillarini, migrantlar orasida radikal g‘oyalar tarqalishini oldini olishga jiddiy e’tibor berishga chaqiraman”, - dedi Patrushev.
General aytishiga qaraganda, terrorchilarni yollashda ko‘p hollarda IT-texnologiyalardan foydalanilmoqda. Ular yordamida sun’iy tanglik, millat va dinlar orasida tafovutlarni kuchaytirishga harakat qilinmoqda.
Undan tashqari huquqni saqlash organlari xorijliklarga nisbatan ksenofobiyani oldini olishga, jamoat xavfsizligini saqlashga ham harakat qilshlari kerak.
Patrushev aytishiga ko‘ra, bugungi kunda axborot texnologiyalari narkotiklar savdosi, terrorchilarni jalb qilish, noqonuniy daromadlarni “yuvish” va boshqa jinoyatlarda faol qo‘llanilayotganini ma’lum qildi.