TOShKENT, 28 okt —Sputnik. Agar kishi "Sputnik V” vaksinasi olib, undan so‘ng burunga tomiziladigan vaksina bilan revaksinatsiya qilinsa, u nafaqat koronavirusning og‘ir kechishi balkim COVID-19dan 100%ga himoyalanishi mumkin, dedi Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi direktori Aleksandr Ginsburg.
“Bizning dastlabki xulosamizga ko‘ra, bunday immunitet “steril” darajada bo‘ladi, ya’ni emlangan kishi nefaqat gumoral balkim “kirish darvozasi” miqyosida mukozal immunitetga ham ega bo‘ladi”, - dedi Ginsburg.
Ilmiy markaz rahbari so‘zlariga ko‘ra, vaksinani burunga tomizish yo‘li bilan kiritganda, virus oldiga yana bir “alohida to‘siq” qo‘yiladi.
Koronavirusga qarshi burunga tomiziladigan vaksina haqida dastlab bir hafta oldin, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Aleksandr Ginsburg bilan suhbati vaqtida ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda shifokor prezidentga ushbu vaksina 3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun ishlab chiqilayotganini va yangi yilga qadar uning klinik sinovlari yakunlanishini xabar qilga edi.
Eslatib o‘tamiz, Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan “COVID-19” vaksinasi, koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan dunyoda birinchi vaksina bo‘lgan edi. Vaksina 1 bosqichdan iborat bo‘lib, bugungi kunda u koronavirusga qarshi 93% samaradorlik ko‘rsatmoqda.
Ushbu markaz tomonidan COVID-19ga qarshi ishlab chiqilgan yana bir vaksina – “Sputnik Light” bir komponentli vaksina bo‘lib u uning koronavirusga qarshi samaradorligi 83%ni tashkil qiladi. “Sputnik V” bilan emlangan fuqarolar bir yildan so‘ng “Sputnik Light” bilan qayta vaksinalanishi mumkin.