Dollar keskin oshishi mumkin - ekspert prognozi

Tez kunlarda bo‘lib o‘tadigan voqealarning biri amerika valyutasiga keskin ta’sir ko‘rsatishi prognoz qilinmoqda
Sputnik
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Federal Rezerv tizimi vakillari yig‘ilishidan keyin dollar qimmatlashishi mumkin. Tadbir 3-noyabrga rejalashtirilgan. Bu haqda "Praym" agentligi bilan suhbatda tahlilchi Andrey Maslov xabar qilgan.
Davlat obligatsiyalarini xarid qilish dasturlarining qisqartirilishi foyda o‘sishini tezlashtiradi. Shu tariqa, dollarga qiziqish keskin ortishi mumkin, deydi mutaxassis.
"Noyabrdagi kengashda Fedrezerv miqdoriy yumshatishlarning qisqartirilishi haqida e’lon qilsa, dollar sezilarli mustahkamlanishi mumkin", - deya ta’kidladi Maslov.
2030 yilga borib aholi jon boshiga daromad 4000 dollardan oshadi - prezident
Analitik keyingi ikki hafta davomida chet el valyutasini xarid qilishni maslahat bergan.
Maslov, shuningdek, ayni vaqtda yevro dollarga nisbatan ancha stabil ekanini qo‘shimcha qildi. Valyuta koronavirus pandemiyasining ikki yilini nisbatan yaxshi o‘tkazdi.
Ayni vaqtda global energetik inqiroz, inflyatsiya oshishi va ishlab chiqarish dinamikasini sust sur’atlari tufayli dollar kursi pastlashi davom etmoqda.
Bu holat bozorlardagi ortiqcha optimiz tufayli anchayin tashvishni yuzaga keltirmoqda, deya xotima qiladi Maslov.