TOShKENT, 27 okt – Sputnik.O‘zbekiston va Tojikiston pandemiya sabab vaqtincha to‘xatib qo‘yilgan xalqaro avtobus yo‘nalishida muntazam qatnovlarni qayta tikladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar bermoqda.
“Toshkent – Xo‘jand – Toshkent xalqaro avtobus yo‘nalishida muntazam qatnovlar qayta tiklandi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston tomonidan tashuvchi “Uzautotrans service”, Tojikiston tomonidan esa tashuvchi “Xolding Aziya Grupp Tadjikistan” yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Ushbu yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar soat 09:00 va 18:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Toshkentdan Xo‘jandgacha yo‘lkira haqi 100 000 so‘m etib belgilangan.
Avvalroq 18 okabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahri avtovokzalidan O‘zbekistonga birinchi avtobus qatnovi amalga oshirilgani xabar qilingan edi.