Talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari qamoqqa olingan - IIV izohi

Ekspertiza javoblari chiqqach, 23-oktabr kuni gumonlanuvchi (dekan o‘rinbosari) protsessual tartibda qamoqqa olingan
Sputnik
TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Toshkentda talaba qizga tegajog‘lik qilgan dekan o‘rinbosari qamoqqa olindi.
Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddaning birinchi qismi va 118-moddaning birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
"Hodisa ro‘y bergan kuni ariza kelib tushgan va Ichki ishlar organidan hodisani o‘rganish uchun guruh yuborilgan. Ekspertiza javoblari chiqqach, 23-oktabr kuni gumonlanuvchi (dekan o‘rinbosari) protsessual tartibda qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmokda", - dedi IIV mtabuot-xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov.
Eslatib o‘tamiz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3-kurs talabasi M. K Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilib, joriy yilning 18-oktabr kuni u Zulfiya mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Yu.ning xonasiga kirganida, mansabdor shaxs unga nisbatan shilqimlik qilgan va qiz yordamga chaqira boshlagach, uni xona derazasidan tashqariga itarib tushirib yuborgan.