Rossiya banklari MDH davlatlariga telefon raqami bo‘yicha pul o‘tkazishni boshlaydi

Ushbu xizmat ko‘pchillik mehnat migrantlariga qo‘l kelishi mumkin. Mehnat migrantlari Rossiyadan o‘z mamlakatlariga milliardlab dollar pul o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya banklari MDH davlatlariga telefon raqam bo‘yicha pul o‘tkazish tizimini ishga tushiradi, deb xabar qilmoqda Izvestiya nashri.
Banklar xulosasiga ko‘ra, ushbu yangilik birinchi navbatda Rossiyada ishlayotgan va doimiy ravishda o‘z vataniga pul jo‘natib turadigan mehnat migrantlariga ma’qul keladi.
Ayni damda ushbu xizmat va Sberbank va "Tinkoff" bankda yo‘lga qo‘yilgan. 2022-yilda "Yunistrim", "Mkb" va DOM.RF banklarida ham yo‘lga qo‘yiladi.
Sberbank aytishiga ko‘ra, hozirgi kunda telefon raqami orqali Markaziy Osiyo, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon va Moldovaga pul o‘tkazish mumkin.
Aytish joizki bugungi kunda Rossiyada telefon nomeri orqali Tezkor pul o‘tkazish tizimi (SPB) allaqachon ishga tushgan. Tizimga butun Rossiya bo‘ylab 200dan ortiq banklar ulangan. SPB yordamida jismoniy shaxslar bir-birlariga 100 ming rublgacha pul o‘tkazishlari yoki QR-kod yordamida tovar va xizmatlar uchun to‘lashi mumkin.
Rossiya Markaziy banki ham ayni damda SPB asosida o‘zining MDH davlatlariga pul o‘tkazish tizimini ishlab chiqmoqda.
Undan tashqari ushbu yilning 11-oktabrida Rossiyada mehnat migrantlariga 5 mingdan 15 minggacha qarz berib turish tizimi ishga tushirildi.