TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya AQSh va NATO harbiy kontingenti Afg‘oniston chegaralarida joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik tarafdori. Bu haqda Afg‘onistonga qo‘shni-davlatlar uchrashuvida RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot qildi.
"Afg‘onistonga qo‘shni-davlatlarni o‘z hududida AQSh va NATOning afg‘on zaminidan chiqib ketgach ushbu davlatlarga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotgan qo‘shinlari bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz", - degan rossiyalik diplomat.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondan harbiy kontingent chiqarilgach, g‘arb davlatlari mintaqaga qaytish imkoniyatlarini faol ravishda ko‘rib chiqqan va muhokama qilgandi.
Xususan, AQSh Markaziy Osiyo davlatlari hududida qo‘shinlarni joylashtirish mavzusini ilgari surgan. Shuningdek, so‘nggi kunlarda AQSh va Pokiston o‘rtasida Pokistonda amerika askarlari joylashtirilishi bo‘yicha diplomatik faoliyat olib borilayotgani haqida ma’lum bo‘ldi.