Pekin qishki Olimpiadasida O‘zbekiston ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda

Kelgusi yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadigan Pekin qishki Olimpiadasida to‘rt minglan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Pekinda bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiadasida ishtirok etishni rejalashtirgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Milliy olimpiya qo‘mitasiga asosan.

Milliy jamoa ham short-trek, figurali uchish va tog‘ chang‘isi bo‘yicha ishtirok etishni rejalashtirgan. Litsenziyalar olish jarayoni hozir ham davom etmoqda, - deyishdi Olimpiya qo‘mitasida.

Undan tashqari 2022-yilgi qishki Olimpiadada O‘zbekiston xokkey terma jamoasi ham ishtirok etishi mumkin, lekin hozircha jamoa tarkibi to‘liq shakllanmagan.
Ayni damda O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari Komiljon To‘xtayev, Ra’no Imonqulova, Valeriya Kovalova, Arman Gayupovlar Avstriyaning Xintertuks tog‘ chang‘isi markazida Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Sportchilar "slalom" va "slalom gigant" musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
"Tayorgarlik so‘ngida eng kuchli ikki nafar sportchi Olimpiadaga yo‘l oladi", - deb qo‘shimcha qildi MOQ vakili.
Eslatib o‘tamiz, Pekin qishki Olimpiada o‘yinlari 2022-yilning 4-20 fevral sanalarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarda 4 mingga yaqin sportchilar ishtirok etishi va 15ta qishki sport turi bo‘yicha 109 ta medallar komplekti taqdim etilishi kutilmoqda.
Musobaqalar bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sport turlari - biatlon, bobsley, skeleton, korling, konki uchish, short-trek, chana sport, figurali uchish, xokkey, tog‘ chang‘isi, chang‘i ikkikurashi, chang‘ida tramplindan sakrash, fristayl, chang‘i poygasi va snoubord.