TOShKENT, 27 okt - Sputnik. O‘zbekistonda Samarqand viloyati arxitektura yodgorliklari soni bo‘yicha yetakchi o‘rinda ekanligi ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga respublikada arxitektura yodgorliklari soni 2264 tani tashkil etgan.
Arxitektura yodgorliklari eng ko‘p viloyatlar uchligiga Samarqand (562 ta), Buxoro (507 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (288 ta )kirgan.
Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati (208 ta), Farg‘ona viloyati (139 ta), Xorazm viloyati (136), Jizzax viloyati (100) kelmoqda.
Arxitektura yodgorliklari soni yuztaga yetmagan viloyatlar ro‘yxatidan esa Namangan (98), Andijon (74), Navoiy (70), Surxondaryo (36), Sirdaryo (15) va Toshkent viloyati (7ta) o‘rin olgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yodgorliklar soni 24 tani tashkil etishi ma’lum qilingan.