TOShKENT, 27 okt - Sputnik. O‘zbekistonning qidiruvda bo‘lgan fuqarosi Yu.U. Seuldagi chegara nazorat punktidan o‘tayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Yu.U. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)ga asosan, katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Yu.U. Koreya hududida bo‘la turib, O‘zbekiston firmalari birining vakili bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Yu.I.ning ishonchiga kirib, Koreyada ishlash uchun odam topib berishini taklif qilgan.
Yu.I. chet davlatda ishlashni istaganlarni topib, ular banklar orqali Yu.U. hisob raqamiga 507,7 mln so‘m (54,6 ming AQSh dollari) o‘tkazib yuborgan.
Evaziga u Koreyada ishlash uchun taklifnoma jo‘natib turgan va noma’lum joyda yashirinib yurgan.
Hozirda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda firibgarlik qilgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro Koreyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilgan edi.