TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Kelgusi yil boshidan suyultirilgan gaz uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi. Bu haqida 25-oktabr kuni imzolangan 5267-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.
"2022 yilning 1-yanvaridan boshlab ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotilgan suyultirilgan gaz aksiz solig‘idan ozod qilinadi", - deyilgan qaror matnida.
Undan tashqari, O‘zbekistonga tabiiy va suyultirilgan gaz import qilayotgan tadbirkorlik subyektlari QQS to‘lovini 120 kunga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning 1-oktabridan yuridik shaxslar tomonidan import qilingan tabiiy gaz uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi.
Undan tashqari Bugungi kunda, O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gazni aholiga sotish davlat tomonidan nazorat qilinadigan narxlarda amalga oshiriladi.