ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari O‘zbekistonga keldi

Flagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv - chlenov ShOS
Ular Nukusda 2021-2022 yillarda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. 26-30 oktabr kunlari Nukusda O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida 2021-2022 yillarda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari va ShHT doirasidagi yirik tadbirlar rejasini muhokama qilinadi.
ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlarining O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan jamoaviy uchrashuvi bugun o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Dushanbe sammiti yakunlari bo‘yicha ShHT raisligi O‘zbekistonga o‘tgan edi.
Kamilov provol soveshanie v MITSA posvashennoe ShOS
O‘zbekistonning ShHTda raisligi yuqori darajada bo‘lib o‘tadi - Kamilov