TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Qozog‘iston afg‘on ayollari - sudyalar va parlament vakillari va ular oilalari a’zolari uchun tranzit yo‘lagini taqdim etdi.
Afg‘on ayollar va ularning oila a’zolari - Olma-Otadagi aeroport orqali uchinchi davlatlarga uchib ketishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston TIV.
"Qozog‘iston Respublikasining gumanitar sohalarda xalqaro majburiyatlariga sobitligidan kelib chiqib, davlat rahbari tomonidan afg‘on ayollari - sudyalar va parlamentariylar hamda ularning oila a’zolariga tranzit yo‘lagini taqdim etish qarori qabul qilindi", - deyiladi Qozog‘iston tashqi siyosiy mahkamasi saytidagi xabarda.
Xabarga ko‘ra, "tranzit xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda" uchinchi davlatlarga uchish maqsadida Olma-Ota aeroporti orqali amalga oshirilgan.