Qaysi hududda gaz ko‘proq o‘g‘irlanyapti

Oktabrning 22 kuni davomida 4,2 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil oktabr oyining o‘tgan 22 kuni davomida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilgan. Unda ulgurji iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida respublika bo‘yicha tabiiy gazdan 228 ta holatda noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
Preduprejdenie ob opasnosti radom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya.
Ushbu 22 kun ichida 4 million 278 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Buning natijasida gaz ta’minoti tashkilotlari yetkazilgan zarar 3 millird 832 million 900 ming so‘mni tashkil qilgan.
“Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi”, - deyilgan xabarda.
Aniqlangan holatga huquqiy baho berish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 78 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
Avvalroq “Hududgazta’minot” AJbugungi kunga kelib o‘zbekistonliklarning gazdan qarzi 500 mlrd so‘mdan oshganini ma’lum qilgan edi.