Qashqadaryoda avtomobillar to‘qnashdi, ikkala haydovchi ham vafot etdi

Nexia-3 avtomobili haydovchisi aholi yashaydigan hududda harakatlanayotganiga qaramay, oldidagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lganida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Captiva bilan to‘qnashib ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy "Zamon" informatsion dasturida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, YTH Nexia-3 mashinasining Captiva bilan to‘qnashib ketishi natijasida yuzaga kelgan.
O‘zbekistonda to‘qqiz oy davomida 1,7 mingga yaqin kishi avariyalar qurboni bo‘ldi
Ma’lum bo‘lishicha, to‘qnashuv Qarshi tumani hududidan o‘tuvchi 4R-89 Qarshi—Nishon—Tallimarjon IES avtomobil yo‘lining 4-kilometrida, ya’ni tumandagi "Mustaqillik" MFY hududida sodir bo‘lgan.
Nexia-3 avtomobili haydovchisi aholi yashaydigan hududda harakatlanayotganiga qaramay, oldidagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lganida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Captiva bilan to‘qnashib ketgan.
Avariya oqibatida ikkala avtomobilning haydovchilari ham voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Qarshi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.