TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Siyosiy sharhlovchilar Rassel Berman va Riki Gill o‘zlarining "National Interest" nashriga taqdim etishgan maqolalarida AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik davrida xalqaro maydondagi ikki mag‘lubiyatlarini ma’lum qilishgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Birinchi navbatda, ularni g‘azablantirgan narsa bu Rossiyaning “Shimoliy oqim – 2” loyihasini qurib bo‘lganligidadir, ularning nazarida bu “ayanchli mag‘lubiyat” bo‘lgan.
“Jo Bayden prezidentlikka nomzodini qo‘yganda, Rossiyaning kuchayishiga qarshi chiqa olishini olg‘a surgan edi, rasmiy Kremlning harakatlariga qarshi qattiq choralarni qo‘yishga qodir inson sifatida o‘zini taqdim qilgan. Biroq, Jo Bayden va uning ma’muriyati Moskva uchun oson o‘ljaga aylangan, energetika sohasidagi siyosati esa – uning birinchi mag‘lubiyati bo‘ldi”, – deb aytishgan Berman va Gil.
Qolaversa, uning ichki maydonda olib borayotgan siyosatini inobatga olsa, bularning hammasini tahlilchilar “g‘alati” qaror deyishlariga sababchi bo‘ldi.
“Hech qanday e’tirozlarsiz, Keystone XL quvuri loyihasini bekor qilinishi AQShning neft va gaz sanoatidagi mustaqilligi uzoq o‘tmishlarda qolib ketganligini anglatadi. Bularning hammasi Putin foydasiga xizmat qilib, AQShning milliy xavfsizligining qattiq zaiflashishiga olib kelmoqda”, – deyilgan maqolada.
Sharhlovchilarning fikricha, Baydenning ikkinchi mag‘lubiyati bu AQSh O‘rta Osiyo mamlakatlarining harbiy bazalaridan foydalanishni so‘raganligi bo‘lgan.
“Rossiya judayam bir ochiq tarzda AQShning O‘zbekiston va Qirg‘izistonda harbiy bazalar joylashtirishiga qarshilik qildi. Hattoki shunga bordiki, Moskva AQShga O‘rta Osiyodagi mening harbiy bazalarimdan foydalan deb aytishga ham jur’at etganligi”, – maqola mualliflarini hayratga solgan.
Gill va Bermanning bildirishlaricha, Bayden ma’muriyati “bu taklifni inobatga olib qo‘yishdi”.
Ularning fikricha, bularning hammasini avvalgi prezident Donald Tramp davrida o‘ylab ham ko‘rilmagan bo‘lar edi.