To‘rt metrli tajovuzkor timsohni bir necha kishi egarladi — video

Avstraliyadagi reptiliyalar parkida to‘rt metrli Kanye laqabli alligator muddatidan oldin uyqudan uyg‘onib qolib, atrofdagilarga nisbatan o‘ta tajovuzkor harakatlar qila boshladi
Sputnik
Yirtqich tajovuzkorligi park xodimlariga ishlashga halal berdi. Shuningdek, timsohlar orasida juftliklar ham u tufayli bezovtalana boshladi. Yirtqichlar orasida boshlangan "nikoh mavsumini" faqat alligatorni yakkalab qo‘yish qutqarishi mumkin edi.
Erkak timsoh ko‘zi tushgan obyektga hujum qilardi. Shu bois, park ishchilari Kanye jag‘ini arqonlab tashlashga majbur bo‘ldilar. Ishchilar quruq joyda alligatorning ustiga minib olib, uning jag‘ini qayishqoq lenta bilan mahkamladilar.
Timsoh buqani suv ostiga tortib ketdi, begemotlar esa o‘ljani olib qo‘yishdi - video
To‘qqiz kishidan iborat jamoa og‘irligi 350 kilogramm bo‘lgan reptiliyani ehtiyotkorlik bilan maxsus tirgakli taxtaga olib o‘tdilar. Alligator kichikroq suv havzasiga olib borildi, bu yerda endi u hech kimga halal bermasligi aniq.
Park ishchilari Kanye bir-ikki oy shu yerda yashab ko‘rsa, biroz o‘ziga keladi, degan fikrda.