TOShKENT, 25 okt - Sputnik, Anna Jelixovskaya. Rossiya faxriy shifokori, senator, bolalar onkolog-jarrohi Vladimir Krugliy O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari haqida o‘z tassurotlari bilan bo‘lishdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
- Vladimir Igorevich, O‘zbekistonda saylovni kuzatishga tayyorgarlik jarayoni qanday o‘tdi?
Biz MDH davlatlarida saylovlarini kuzatishda katta tajribaga egamiz. Shuning uchun oldimizga qo‘yilgan vazifalarni yaxshi tushunardik. Masalan shaxsan men saylov bo‘lib o‘tayotgan mamlkatning ushbu sahadagi qonunchiligini o‘rganaman.
Kimdir kuzatuvchilar saylovda qandaydir qonunbuzarliklar qidirishi kerak deb hisoblaydi. Ayrim hamkasabalarimiz esa, saylovga o‘z nuqtayi nazarlarini bog‘lamoqchi bo‘lishadi. Aslida esa, kuzatuvchining vazifasi – saylov bo‘lib o‘tayotgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq o‘tishini kuzatishdir. Bu safar - O‘zbekiston qonunlariga.
Har qanday saylovning asosiy vazifasi – uning natijasi xalq amriga muvofiq bo‘lishi.
- Siz tashrif buyurgan uchastkalaringizda sizda eng katta taasurot qoldirgan narsa nima bo‘ldi?
Biz uchastkalarni saylovdan bir kun oldin kuzatishni boshladik. Toshkentda 10dan ortiq manzilga tashrif buyurdik, saylovga tayyorgarlikni ko‘rdik. Saylov kuni ham Toshkentdagi bir necha uchastkalarda bo‘lib ularning har birida juda ko‘p kuzatuvchilarni ko‘rdik. Shundan so‘ng kutilmaganda Samarqandga borishga qaror qildik. Bu qarorni biz o‘zimiz qabul qildik.
Samarqandda ikkita saylov uchastkasida bo‘lib u yerda BAAdan kelgan kuzatuvchilarni ko‘rdik. Keyin esa, shahardagi “namunali” uchastkalardan ko‘ra, markazdan uzoqroq chekka qishloqlarga borishga qaror qildik.
Biz jami 15-17ta saylov uchastkalarida bo‘ldik, oddiy samarqandliklar hayoti bilan tanishdik.
- Boshqa kuzatuvchilar barcha saylov uchastkalarida yuqori kayfiyat hukm surganini qayd etishdi. Samarqandda ham shunday ekanmi?
Albatta! Samarqand chekkasida joylashgan saylov uchastkalarida ham musiqa chalinib turardi, odamlarda bayram kayfiyati markazdan ko‘ra ko‘proq kuzatilardi. Biz navbatlarni kuzatmadik, lekin ko‘p kishi ovoz bergani bilinib turardi.Biz Samarqandga ertalab soat 10da yetib keldik. Shu vaqtga qadar aksariyat saylovchilar ovoz berib bo‘lishgan edi. Saylov qutilari shaffof bo‘lgani uchun, qancha odam ovoz berganini ko‘rish mumkin. Ayrim qutilar to‘lib bo‘lgan edi.