TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Kino olamida mashhur bo‘lgan “Brilliant qo‘l” filmida suratga tushgan aktrisa Svetlana Svetlichnaya Moskva shahrida bedarak yo‘qolgan. Bu haqda "Moskovskiy komsomoles" xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 81 yoshni qarshilagan aktrisaning qarindoshlari politsiya mahkamasiga 22-oktabrda murojaat qilishgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li 21-oktabrda onasini yo‘qolganligi, o‘z uyda yo‘qligini ma’lum qilgan.
Hozirda aktrisani qidirish ishlari faol davom ettirilmoqda. Aytilishicha, tasvirga olish jarayonida aktrisani ustiga jism tushishi oqibatida boshidan jarohat olgan. Buning natijasida aktrisada aqli zaiflik alomatlari paydo bo‘lgan.
Svetlana Svetlichnaya rejissor Leonid Gaydayning “Brilliant qo‘l” filmida suratga tushgan. U filmda mehmonxonada bosh qahramon Semon Gorbunkovni o‘g‘irlashda kontrabandachilarga yordam bermoqchi bo‘lgan latofatli qiz obrazini yaratgan va bu rol unga shuhrat keltirgan.