TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati +20…+22 daraja iliq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgaradi. 27-oktabrda respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
28 oktabrda yomg‘irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlariga yaqinlashganda yog‘ingarchilik kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
29 oktabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Hafta davomida harorat kechalari +4…+9 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va haftaning oxiriga kelib, harorat +7…+12 daraja iliqgacha pasayadi.