TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Qashqadaryo viloyatida yosh kelin-kuyovlarlar Prezident saylovida ovoz berish uchun saylov uchastkalariga qadam bosishdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar qildi.
Aytilishicha, Yakkabog‘ tumanidagi istiqomat qiluvchi yosh kelin-kuyov Turdiyev Shahboz va Ne’matova Sadoqat №930 sonli saylov uchastkasiga prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun tashrif buyurib, o‘zlarining tanlovlarini amalga oshirishdi.
Shuningdek, viloyatning yana bir boshqa tumani Kitobdan bo‘lgan Shahzod Sohibov va Kamola Tursunovalar 28-maktabda joylashgan №488 saylov uchastkasida o‘zlari xohlagan nomzodga ovoz berdilar.