O‘zbekistondagi saylov o‘tkazish jarayoni xalqaro talablarga javob beradi - Muxametshin

Farit Muxametshin saylov uchastkalaridagi vaziyat haqida o‘z fikrini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. RF Federal Kengashining Xalqaro ishlar bo‘yicha Federatsiya Kengashi qo‘mitasi raisi Farit Muxametshin saylov uchastkalaridagi vaziyat haqida o‘z fikrini bildirdi:
“Bugun saylov uchastkalariga tashrif buyurib, aytish mumkinki, umuman mamlakatda saylov o‘tkazish jarayoni xalqaro talablarga javob beradi.
Shavkat Mirziyoyev prezident saylovlarida ovoz berdi
Lekin eng muhimi, saylovchilar bilan uchrashganimda yaxshi kayfiyatni qayd etgan bo‘lardim. Tushga yaqinroq saylovchilarning ovoz berish ko‘rsatkichi deyarli 50%ni tashkil etdi. Ularning aksariyati respublikada tub o‘zgarishlar ro‘y berayotganini ta’kidladi.
Men ilgari ham O‘zbekistonda bo‘lgan kishi sifatida ayta olamanki, haqiqatan ham mamlakatda tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugun mamlakatlarimiz – Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik darajasi juda yuqori, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash borasida katta qadamlar qo‘yildi, buning natijasida hamkorligimiz jadal rivojlanmoqda”.