O‘zbekistondagi mahkumlar o‘z ovozlarini berishmoqda

Bugungi kunda qamoq va ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lgan 8 203 nafar shaxslar ham o‘z tanlovlarini qilishmoqda
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Bu galgi prezident saylovlari boshqalaridan farq qilmoqda, bu katta siyosiy hodisada katta ijtimoiy xavfi bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etib, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar Prezident saylovida ishtirok etishmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Osujdennie golosuyut na viborax prezidenta Uzbekistana
Aytish joiz, saylov kodeksiga ko‘ra, katta ijtimoiy xavfi bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar Prezident saylovida ishtirok etishlari mumkin deb belgilangan.
Shunga ko‘ra, qamoq va ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo o‘tayotgan 8203 nafar mahkumlarga ovoz berish huquqidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratilib berildi.
Xususan, bugun 4-son JIEKdagi 55-son saylov uchastkasida jazo muddatini o‘tayotgan o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan mahkumlar o‘z tanlovlarini amalga oshirishdi.