Erta tongdan Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi oldi gavjum. O‘zbekistonliklar prezident saylovida ovoz berish uchun bu yerga kelishdi. Ularning o‘z mamlakati taqdiriga befarq emasligini anglash qiyin emas edi, chunki ob-havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan saylovchilarning oxiri ko‘rinmasdi. Ovoz berishga fuqarolar oila a’zolari bilan, talabalar guruh–guruh bo‘lib kelishdi. Ish beruvchilar o‘z xodimlarining saylov uchastkasiga borishini tashkillashtirishdi.
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmoqda: elchixonaga kirishda barchaning harorati o‘lchanmoqda. Saylovchilarga niqob taklif qilinmoqda.
Moskvadagi vatandoshlar O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi bilan birgalikda saylovlarda ishtirok etib chiqqan fuqarolarga issiq ichimlik va yegulik tarqatishdi.