Shomurodovning mardligi raqib darvozabonini hayratga soldi

Eldor Shomurodov o‘zining chiroyli xulqi bilan yana bir bor jahon OAVlari sahifalarida paydo bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovning mardligi "Budyo-Glimt" jamoasining rossiyalik darvozaboni Nikita Xaykinni hayratda qoldirdi, deb yozmoqda bugun Rossiyaning bir necha sport nashrlari.

"Men Eldor Shomurodovga rahmat aytmoqchiman. U o‘yindan so‘ng o‘zini juda to‘g‘ri va mard tutdi. Bizning yigitlar “Roma”ning bir necha futbolchilari bilan futbolka almashishni so‘ramoqchi edi, lekin bunday mag‘lubiyatdan so‘ng bu og‘ir bo‘lishini bilishardi. Shu sababli men Eldordan iltimos qildim. U ajoyib yigit ekan, bizga bir necha mayka olib chiqib berdi", - dedi Xaykin.

Kecha Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasi va "Roma" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasining 3-tur gurux uchrashuvida Joze Mourino jamoasi, kutilmaganda katta hisobda (6:1) yutqizib qo‘ydi. Norvegiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinni tomosha qilish uchun Italiya jamoapining minglab muxlislari ham kelgan edi.
Bunday vaziyatda, tabiiyni, o‘yindan so‘ng jamoaning kayfiyati tushgan, hech kim ortiqcha sentimentlarga tayyor emasdi. "Roma" futbolchilari hatto yechinish xonasidan chiqishni istashmadi. Lekin Yevropaning eng mashhur jamoalari bilan ilk bor to‘p so‘rgan "Budyo-Glimt" futbolchilari "Roma" jamoasi bilan futbolka almashishni istardi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov avgust oyida "Roma" bilan 5-yillik shartnoma imzoladi. Bundan oldin Eldor Italiyaning "Jenoa" jamoasida 1 sezon to‘p surib 8ta gol o‘rgan va 1ta golli uzatma amalga oshirgan edi.