Qirg‘izistonda Amerika bazasi bo‘lmaydi - Sadir Japarov

Qirg‘izistonda hozir Rossiya harbiy bazasi bor. Preziyednt AQSh harbiylarini o‘z mamlakatida joylashtirilmasligini ta’qidladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Prezident Sadir Japarov matbuot anjumanida AQSh harbiylarini Qirg‘izistonda qayta joylashtirish imkoniyatini rad etdi, Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
"Hozir Kantda Rossiya bazasi bor. 2014-yilda Amerika bazasi haqidagi kelishuv bekor qilindi va ular ketishdi. Bizga bitta baza kifoya qiladi. Biz ikkita bazani joylashtirish orqali ikkita davlat bilan sichqon-mushuk o‘ynashni xohlamaymiz", - dedi Japarov.
Eslatib o‘tmiz, Qirg‘izistonda Amerika harbiy bazasi 2001-yildan boshlab Bishkek yaqinidagi Manas aeroportida joylashtirilgan edi. 2009-yilda baza Tranzit markazi deb o‘zgartirildi.
Rossiyaning "Kant" qo‘shma aviabazasi KXShT Kollektiv tezkor qo‘shinlari tarkibiga kiradi. Baza Su-25 hujumchi samolyotlari va Mi-8 vertolotlari bilan qurollangan. Bazani joylashtirish to‘g‘risidagi bitim ikki mamlakat o‘rtasida 2003-yilda imzolangan.