TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Noyabr oyining boshida Rossiyada e’lon qilingan dam olish kunlarida rossiyaliklar eng ko‘p O‘zbekistonga borishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Tutu.ru transport chiptalari xarid qilish xizmati xabar bermoqda.
30 oktabrdan 7-noyabrgacha bo‘lgan davrda Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishida aviachiptalarga talab 1,5 baravar oshgani ma’lum bo‘ldi.
Xususan, rossiyaliklar borishni rejalashtirgan top 10 davlatlar:
1.
O‘zbekiston — 16,6%;2.
Armaniston — 14,1%;3.
Turkiya — 13,5%;4.
Qirg‘iziston— 9,6%;5.
Ozarbayjon — 6,6%;6.
Moldaviya — 6,1%;7.
Belarus — 4,4%;8.
Kipr — 3,0%;9.
Qozog‘iston — 2,8%;10.
Misr — 1,0%.Eslatib o‘tamiz, Rossiyada epidemiologik vaziyat yomonlashishi munosabati bilan, prezident Vladimir Putin 30-oktabr - 7-noyabr kunlarini dam kunlari deb e’lon qilgan edi.
Rossiyada so‘nggi kunlarda koronauirusga chalingan fuqarolar va vafot etayotganlar soni kun sayin yangi rekord darajasiga oshib bormoqda. Xususan 23-oktabr kuni bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 37678 kishini qurbon bo‘lganlar esa 1075 kishini tashkil qildi.
Rossiyane bolshe vsego xotat poyexat v Uzbekistan
© tutu.ru