Bo‘ronli shamol Kreml devorlariga shikast yetkazdi: video

Kuchli shamol tufayli Kreml devorlaridagi "tishlar"ning biriga shikast yetdi
Sputnik
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Kuni kecha, 22-oktabr kuni Moskvada soniyasiga 23 metr tezlikda esgan qisqa muddatli bo‘ronli shamol kuzatildi.
Sal oldin FVV aholini shtorm haqida ogohlantirgan va ulardan ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aks etishicha, shamol Kreml tomidan qurilish narvonlarini uchirib yuborgan va oqibatda devor "tishlar"idan biriga jiddiy shikast yetgan, "tishlar"ning yana bir qanchasi shikastlangan.
Hech kim jabrlanmagan, ammo Qizil maydon vaqtinchalik yopilgan.