TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Qirg‘iziston Afg‘oniston shimoliy hududida yashayotgan 300ta etnik qirg‘iz oilalarning Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tishiga yordam beradi. Bu haqida prezident Sadir Japarov matbuot anjumanida ma’lum qildi. Sputnik Afg‘oniston xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda Qirg‘iziston ko‘chib o‘tishni istagan barcha qirg‘iz oilalariga ko‘chib o‘tishiga yordam beradi. Etnik qirg‘izlar asosan Afg‘onistonning shimoli-sharqida Badaxshon viloyati Vaxan tumanida, Pomir tog‘lari hududida yashaydi.
Afg‘oniston ko‘p millatli davlatdir. u yerda o‘ndan ortiq millat va elatlar yashaydi. Eng ko‘p sonli millatlar pushtunlar, tojiklar, hazoralar va o‘zbeklar. Shuningdek u yerda turkmanlar, qirg‘izlar va boshqa millatlar ham bor.