Toshkentda to‘liq avtomatlashtirilgan yangi metro poyezdlari qatnay boshladi

Enidilikda bekatdan bekatgachaga bo‘lgan kutish intervali qisqarishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. O‘zbekiston metropoliteni 2022-yil oxiriga qadar 19 ta yangi poyezdlarni harid qilishni rejalashtirgan. Bugun 5 ta yangi metro poyezdlarining tanishtiruv taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Kuni kecha “Toshkent metropoliteni faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingan.
Hozirgi kunda Toshkent metropoliteni tizimida 59 ta metro poyezdlari xizmat ko‘rsatmoqda, bugungi 5 ta yangi poyezdlar bilan Toshkent metrolarining umumiy soni 64 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etib, 2022-yil oxiriga kelganda 80 tani tashkil etishi kutilmoqda.
Rossiyadan Toshkentga metro vagonlarining navbatdagi partiyasi keladi
Yangi poyezdlar yo‘lga qo‘yilishi, insonlarning kutish intervaliga sezilarli darajada ta’sir qilib, qisqarishi kutilmoqda.
Qachonlardir, xususan 1993-yilda Chilonzor metro yo‘nalishi 3 minutli interval bilan harakat qilgan. O‘sha kunlar joriy yilning 1-sentabridan boshlab yana qaytgan. Chilonzor yo‘nalishida 3 minutli interval yo‘lga qo‘yildi, O‘zbekiston yo‘nalishi uchun esa 4 minut etib belgilandi. Shu tariqa insonlarning o‘z manzillariga yetib borishlaridagi vaqtlari 30 foizga tejaldi.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, shahar usti transporti bilan solishtirilganda, metro orqali manzilga yetib borish 2-3 marta tez ekanligi ayon bo‘lgan.

Yangi Toshkent metropolitening kunlik tashish hajmi 480-500 ming nafarni tashkil etishi kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida shahardagi tirbandliklarni kamaytirishga salmog‘li hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Demak, bugungi taqdimotda Rossiyaning "Metrovagonmash” zavodidan yuborilgan vagonlardan 5 ta yangi metro poyezdlari yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Yangi metro vagonlari haqida, 4-yildan beri Toshkent metropolitenida elektromashinist lavozimida ishlab kelayotgan Fazliddin G‘ofurov o‘z fiklarini bildiradi.

“Rossiyadan olib kelingan poyezd vagonlarinig ichki tomonlarida ortiqcha shovqin eshitilmasligi yo‘lovchilar uchun qulaylik tug‘diradi," – deydi mashinist.

Metro poyezdi to‘liq kompyuterlashtirilgan bo‘lib, mashinist maxsus pult orqali boshqaruvni amalga oshiradi.

“Yana bir yaxshi tomoni, mashinist kabinasidan turib, hamma vagonlarni kuzatib, ichkaridagi holatdan xabardor bo‘lib turishim mumkin”, – deya qo‘shimcha qiladi Gofurov.

Metro vagonlariga qo‘shimcha monitorlar ham kuyilgan. Bunday sensorli monitorlar yordamida yo‘lovchilar marshrut bo‘yicha o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.
Yangi metro vagonlari 2021-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, 31-yil muddatgacha eskpluatatsiyaga yaroqli hisoblanadi. Maksimal 90 kilometrgacha tezlikni oshirish qudratiga ega. Maksimal 310 nafargacha odamni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.