O‘zini Afg‘oniston prezidenti deb e’lon qilgan Solih Pokistonga qarshi kurashga chorladi

Afg‘onistonning sobiq vitse prezidenti Solihning fikricha "Tolibon"* hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatda qashshoqlik darajasi keskin ortib ketdi
Sputnik
TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Afg‘oniston sobiq vitse prezidenti Amrulla Solih mamlakatning Pokiston tomonidan "okkupatsiya qilib olinishiga" qarshi kurashishga chorladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Yodingizda bo‘lsin: Afg‘oniston Pokiston uni yutib yuborishi uchun juda kattalik qiladi. Bu vaqt masalasi. Barcha jabhalarda qarshilik ko‘rsatish – bu bizning g‘ururimiz va okkupatsiyani to‘xtatishning yagona yechimidir. Afg‘onistonning kuldan o‘zini qayta tiklay olishi – bu vaqt masalasi", – deb yozgan Solih Twitter ijtimoiy tarmog‘ida.
Moskvada toliblar bilan muzokaralar qanday o‘tdi
Qobulda hukumat "Tolibon"* harakati tomonidan qo‘lga olingach, Solih o‘zini Afg‘oniston prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan edi. Bu uning o‘sha vaqtdan buyon internetdagi birinchi chiqishidir.
Sobiq amaldorning so‘zlariga ko‘ra, "Afg‘oniston Pokiston tomonidan okkupatsiya qilib olingach ikki yarim oy o‘tib" respublika YaIMi taxminan 30%ga pasaygan, qashshoqlik darajasi 90%ga yetgan, ayollar "uy qulligida" saqlanmoqda, hukumat organlari esa o‘z faoliyatini deyarli to‘xtatgan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.