TOShKENT, 22 okt - Sputnik. UFCda birinchi o‘zbekistonlik jangchi bo‘lgan Maxmud Murodov promouterlik faoliyatini boshladi. Muradov Professional Leaguening ilk musobaqasi 22-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Musobaqalar “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Aynan o‘sha yerda kecha, 21-oktabr kuni sportchilarning vazn tortish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Ertaga bizning birinchi musobaqamiz bo‘lib o‘tadi. Umid qilamizki bu oxirgisi bo‘lmaydi. Kurashchilarga yordam beramiz, bizni qo‘llab-quvvatlaydigan assotsiatsiyamiz bor. Oldin bunday emasdi, hozir katta imkoniyatlarimiz bor. Prezident bunga katta hissa qo‘shdilar, shuni aniq aytishim mumkin-ki, bunday sharoitlar Yevropada ham Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham yo‘q”, - dedi sportchi Sputnik muxbiriga.
Shundan so‘ng aralash yakkakurash ustasi musobaqaning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi va “asosiysi musobaqa vaqtida hech kim jarohat olmasa bo‘ldi” dedi. Shuningdek Murodov turnirning tashkiliy masalalari ham bekamu-ko‘st o‘tishiga umid bildirdi.
Vazn tortish jarayoni qanday o‘tganini Sputnik videolavhasida tomosha qiling.