Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda

Oktabr oyidagi FIFA reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 2.54 ochko yo‘qotgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. FIFA jahon terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi 2.54 ochko yo‘qotgan. Shunga qaramay, “oq bo‘rilar” hamon 84-o‘rinni band etmoqda.
Srechko Katanes shogirdlari oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Malayziya ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozongan, Iordaniyaga esa 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Belgiya milliy terma jamoasi peshqadamlikni saqlab qolgan. Braziliya ikkinchi pog‘onada. Kuchli uchlikka yaqindagina Millatlar ligasi g‘olibiga aylangan Fransiya yakun yasagan. Italiya va Angliya birinchi kuchli beshlikka kiritilgan.
Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi