TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekistonlik Shirin Abdullayeva tanlov tomoshabinlari yodida o‘zining samimiyligi va kamtarligi bilan qoldi. Shirin finalga chiqmaganidan xafa emas, lekin tanlov u uchun haqiqiy maktab bo‘lganini tan oladi.
Uning aytishicha, endi o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortgan. U yanada ochiqroq, erkinroq va baxtliroq bo‘lgan.
“Men u yerdan umuman boshqa odam bo‘lib qaytdim deb aytish mumkin”, - deydi Shirin.
Yosh artist agar u loyihaning asosiy sovriniga ega chiqqanida, uni boshqa qatnashchilar bilan o‘zaro bo‘lishgan bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
“Bu ularga ko‘proq zarurligiga ishonchim komil. Loyihada qatnashishning o‘zi men uchun katta sovg‘a bo‘ldi”, - deya ta’kidlaydi Shirin Abdullayeva.
U tanlovdan vatanga qaytib, qaysi his-tuyg‘ularni his qilganini so‘zlab berdi.
“Men kechga yaqin uchib keldim, uyda hali hech kim yo‘q edi. O‘z xonamga kirishim bilanoq, yaqindagina oyim tomonidan tozalangan gilamga o‘tirdim. U shu qadar yushmoq va mayin edi... Toshkentning sevimli havosidan nafas oldim va tushundimki, nihoyat uydaman”, - deydi u.
Shou unga nafaqat yangi darajaga ko‘tarilishga, balki yangi sodiq dugonalarni topishga yordam bergan. Endi ularni - Kristina Vasushko va Ulyana Rabokonovani Toshkentda mehmondorchilikda kutapti. Yosh yulduz hakamlarni ham iliq xotiralari bilan esga oladi. Ularning so‘zlaridan keyin faqat olg‘a intilish kerakligini his etganini yashirmaydi.
Ayniqsa, Diana Arbeniananing ushbu tilaklari uning yodida qolgan: “hech qachon o‘rgarma va shunday tabiiyligingcha qol”. Yana bir qimmatli maslahatni Svetlana Sabirova bergan – “hamma narsaga oddiyroq boq”.
“Men buni jiddiy qabul qildim va bu o‘zimga va atrofdagilarga boshqacha ko‘z bilan qarashga ko‘maklashmoqda”, - deya xulosa qiladi “Ti super!” yarim finalchisi.
Bu yilgi “Ti super!” musiqiy tanlovida Rossiyaning turli minqalaridan va MDH mamlakatdan bo‘lgan 50 bola ishtirok etmoqda. Ular orasida Belarus, Moldova va O‘zbekiston vakillari ham bor. Shirin Abdullayeva yarim finalgacha yetib keldi va o‘zi sahnada tuta olish xislatlari bilan hakamlarni rom ayladi.
Shirinni oldinda yangi loyihalar kutib turibdi. Biroq u hozircha tafsilotlarni sir tutishni afzal bildi. Shirin avvaldidek o‘zining azaliy orzusi – vatani shuhratini dunyoga dong taratish sari ildam qadam tashlamoqda.
Sputnik tahririyati Shiringa uning keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi.