TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Turkiyada “harbiy va siyosiy josuslikda” ayblanib 4 nafar rossiyalik hamda 1 nafar Ukraina va 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda Turkiyaning “Hurriet” gazetasi xabar qilmoqda.
Hibsga olinganlar Rossiya fuqarolari Abdulla Abdullayev, Ravshan Ahmedov, Beslan Rasayev va Aslan Abdulmuslimov, Ukraina fuqarosi Igor Yefrim, O‘zbekiston fuqarosi esa Amir Yusupov ekani aytilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ular chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishgan.
Bundan tashqari, qo‘lga olinganlar siyosiy va harbiy josuslikda ham ayblanishmoqda. Buning uchun Turkiyada 15-yildan 20-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi belgilangan.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, idora mamlakat fuqarosi Turkiyada siyosiy va harbiy josuslik ayblovi bilan qo‘lga olingani haqidagi ma’lumotga ega emas.