"Tolibon"* delegatsiyaga Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qildi.
Shuningdek, u bilan birga bir necha vazirlar, jumladan, TIV rahbari Amir Xon Muttaqiy keldi.
“Moskva formati”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 10ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jahon hamjamiyati Afg‘onistonga yordam yuborish kerakligi, u yerda yangi inqiroz sodir bo‘lishining oldini olish zarurligi hamda noqonuniy migratsiya oqimlarini to‘xtatish lozimligini ta’kidladi.
Rossiya "Tolibon"*ni Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlar ishtirok etgan hukumatni tashkil qilishga da’vat etdi.
"Tolibon"* harakatining fikricha, ular xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonning qonuniy hukumati sifatida tan olinish uchun barcha zarur shartlarni bajargan.
Toliblar shakllantirilgan hukumat tarkibi yakuniy emasliligi aytib, u o‘zgarishini ta’kidlashdi.
"Tolibon"* siyosiy ofisi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu mavzu batafsil muhokama qilingan.
Moskva muzokaralarida, shuningdek, "Tolibon"*ga qo‘yilgan xalqaro sanksiyalarni bekor qilish hamda Afg‘oniston hukumatining muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan foydalanish imkoni muhokama qilindi.
Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov muzokaralardan so‘ng Afg‘oniston katta siyosiy savdo olib borotgani haqida fikr bildirdi.
Toliblar Moskvadagi muzokaralarni ijobiy o‘tishganini ta’kidlashgan.
Hanafiy barcha davlatlar Afg‘oniston xavfsiz va barqaror bo‘lishi kerakligini tasdiqlashgan.
Toliblar fikricha, dunyo hamjamiyati ularni Afg‘onistonning qonuniy hokimiyati deb tan olishlari shart.
"Moskva formati" a’zolari BMTdan Afg‘onistonni qayta tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatish uchun Xalqaro donorlik anjumani chaqirishni so‘rashgan.
Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, toliblar xalqaro hamjamiyatning inklyuziv hukumat va inson huquqlari borasidagi kutilmalarining katta qismini amalga oshirishsa, o‘shandagina tan olishini mumkin.