Meksikada jinoyatchilar bolalarni video- o‘yinlar orqali yollashga o‘tdi

Meksikada jinoyatchilar o‘smirlarni yollash va o‘g‘irlash uchun video-o‘yinlardan foydalanishga o‘tdi
Sputnik
TOShKENT, 20-oktabr -Sputnik. Meksikada jinoyatchilar o‘smirlar bilan ijtimoiy tarmoqlar va video o‘yinlar orqali bir necha platformalarda muloqot o‘rnatib olgan, bundan maqsad esa ularni o‘z tashkilotlariga yollashdir, deb bayonot qildi Meksika jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari Rikardo Mexia.
"Bu PlayStation, Xbox, Nintendo Switch konsollari orqali amalga oshiriladi. Anonim subyektlar Internet tarmog‘i orqali muloqot qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinlar bor, ular shu tarzda aloqa o‘rnatadi. Ishontirish va yollash jarayoni TikTok yoki Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda davom ettiriladi", – deya ta’kidladi Mexia hukumatning YouTube kanalida namoyish etilgan matbuot-konferensiya davomida.
Ijtimoiy tarmoqlar va smartfondagi o‘yinlar odam xulq-atvoriga qanday ta’sir qiladi?
Rasmiylar so‘zlariga ko‘ra, jinoiy tashkilotlarning yollovchilari o‘zlarini yosh futbolchi yoki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi qilib ko‘rsatadi. Odatda aloqa ish vaqtida, o‘smir ota-onasi ishda bo‘lgan paytda o‘rnatiladi - boshlanishiga ular o‘smirlarni qurol-yarog‘ va zo‘ravonlik ko‘p bo‘lgan shafqatsiz, adrenalinga boy o‘yinlariga taklif qiladi. Amaldor quyidagi o‘yinlarini misol sifatida keltirdi: Grand Theft Auto, Call of Duty va Gears of War.
Mexia Oaxakadagi 11-14 yoshli uch nafar bola bilan bog‘liq voqeani misol qilib keltirdi.
Avgust oyida jinoyatchilar ulardan biri bilan FreeFire o‘yini interfeysi orqali bog‘langan va uning mobil telefon raqamini bilib olgan. Keyingi muloqot chog‘ida unga "qirg‘iy" faolitatini, ya’ni politsiya chastotalarini tinglashni taklif qilgan va oyiga 16 ming peso (taxminan 800 dollar) pul mukofoti berilishini aytgan. Bola rozi bo‘lgan va ikki nafar do‘stini ham taklif qilgan. Natijada, bolalarni qo‘shni Santa Lusiya del Kamino shahriga aldov yo‘li bilan olib ketishgan va u yerda bolalar ozod qilingunga qadar ikki oy davomida asirlikda bo‘lishgan.