TOShKENT, 21 okt – Sputnik. “FHDOning yagona elektron arxivi” axborot tizimida farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovini (“suyunchi puli”) ota-onadan birining bank plastik kartasiga ixtiyoriylik asosida o‘tkazib berish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunda FHDYo bo‘limining mas’ul xodimi ota yoki onaning xohishiga asosan faol bank plastik kartasini maxsus belgi orqali tanlaydi va bir martalik to‘lovni unga yo‘naltiradi.
“Xalq banki” “suyunchi pulini” qisqa muddatda fuqaroning bank plastik kartasiga o‘tkazib beradi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan farzand tug‘ilganda beriladigan “suyunchi puli” naqd pul bilan berilayotgan edi.