Ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 2024-yil 1-yanvargacha sun’iy mo‘yna, shisha iplar hamda shisha tolali matolar import bojidan ozod qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. 2024-yil 1-yanvargacha ayrim turdagi gazlama va matolarga import boji qo‘llanilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji "nol" stavkada qo‘llaniladi:
sun’iy mo‘yna;
zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar;
shisha iplar;
shisha tolali matolar va boshqalar.
Avvalroq Hukumat qarori bilan 2022-yil 1-maygacha banan va boshqa sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilingani xabar qilingan edi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishda imtiyozlar beriladi