TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Britaniyaning Daily Express nashri uchinchi jahon urushi boshlanishi xatari mavjud bo‘lgan mintaqalar ro‘yxatini tuzdi.
Maqola muallifi Kayshi Lengton so‘zlariga ko‘ra, bugun dunyo global mojarodan xavfsiramoqda. Birinchi navbatda gap AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur tufayli boshlanishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiligi haqida bormoqda: vaziyat ziddiy tus olgan taqdirda Tehron butun dunyo bo‘yicha neftning 30 foizi eksporti amalga oshiriladigan Ormuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yishi mumkin. Bu esa Vashingtonning ittifoqdoshlar bilan munosabatlari yomonlashishi va Suriya hamda Yamanda urush boshlanishi mumkinligi bilan xavf solmoqda.
Undan tashqari, qora oltin tufayli Eron va Isroil o‘rtasidagi eski ziddiyat keng ko‘lamli mojaroga aylanib ketishi mumkin.
Jurnalist ta’kidiga ko‘ra, so‘nggi yillarda NATOning ikki ittifoqdoshi: AQSh va Turkiya o‘rtasida munosabatlar o‘tkir tus olgan. Qurdlar tufayli kelishmovchiliklar, shuningdek, prezident Erdo‘g‘onning ulkan rejalari jiddiy muammoga sabab bo‘lishi mumkin.
Lengton fikricha, Oq uy KXDR va Xitoy qarama-qarshiligini ham urush yoqasiga olib kelishi mumkin.
Pxenyan harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda davom etmoqda, yaqinda esa amerika prezidentini "dushmanona siyosat o‘tkazishda" aybladi. Shimoliy Koreya javob reaksiyasi AQShni juda "jiddiy vaziyatda qoldirishi" mumkinligini aytib, ogohlantirdi. Xitoyga keladigan bo‘lsak, Vashington bilan munosabatlarda "savdo urushidan tashqari, ikkala davlatning xalqaro maydonda obro‘yi ortib borayotgani ham ziddiyat kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, Lengton taxminiga ko‘ra, Hindiston va Pokistonning Kashmir yuzasidan bahslari uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkin.
Ushbu bahs allaqachon ko‘psonli teraktlar va ikkala davlat ichida turli alg‘ov-dalg‘ovliklarga sabab bo‘lgan.
Oqibatda, Hindiston bosh vazirida mojaroni avj oldirishdan boshqa chorasi qolmaydi, uning AQSh bilan hamkorligini inobatga olgan holda, mojaro ko‘lami global tus olishi ehtimoldan holi emas.
Maqola muallifi shuningdek, yaqinda toliblar hukumat tepasiga kelgan Afg‘onistondagi vaziyat haqida ham eslatib o‘tgan. Mahalliy aholining xabar berishicha, buni oqibatida "mamlakatda terror boshlangan va tinimsiz o‘q ovozlari yangramoqda". Yangi hukumat Shimoliy atlantika alyansi yoki oldingi hukumat bilan hamkorlik qilganlarga qarshi ov boshlagan, bu mintaqadagi xavfsizlikka ta’sir o‘tkazishi mumkin, deb yakunlagan maqolani Lengton.