O‘zbekistonda “Sputnik V”ning yangi partiyasi qachon paydo bo‘ladi

Vaksinaning namunalari 1-oktabr kuni Gamaleya nomidagi markazga sifatini nazoratdan o‘tkazish uchun yuborilgan edi.
Sputnik
“Jurabek Laboratories” korxonasi bosh direktori o‘rinbosari Aziz Soipov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida “Sputnik V” vaksinasining ishlab chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab berdi.
Ma’lum qilinishicha, vaksinani tayyorlash jarayonida hamma narsa toza bo‘lishi o‘ta muhim. Korxonani “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqarish joyi sifatida tanlab olishdan oldin mutaxassislar uning qo‘yilgan talablarga mos kelishini sinchkovlik bilan o‘rganishgan.
Bu yerda allaqachon 450 mingta ikki komponentli vaksina ishlab chiqarilgan. Ularning aksariyat qismi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirilgan. Qolganlari ombordagi maxsus sharoitlarda saqlanmoqda.
Oktabr oxirigacha korxona ishlab chiqarilgan vaksina tahlili natijalarini kutmoqda.