O‘zbekistonda qor yog‘adi

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazi 21—22 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi.
“Yomg‘ir, tuman”: hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi
Xabarda aytilishicha, shu kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.
Havo harorati 10-13 darajaga, 21-oktabrda kunduz kuni 8-13 daraja iliqqacha, 22-oktabrda kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
21—22 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.