O‘zbekistonda banan va sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilinadi

Hukumat qarori bilan 2022-yil 1-maygacha ayrim tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekistonda banan va sitrus mevalari arzonlashishi kutilmoqda.
Hukumat qarori bilan 2022-yil 1-maygacha quyidagi tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi:
bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan);
yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayava, mango va mangostan yoki garsiniya;
yangi yoki quritilgan sitrus mevalar;
yangi papayya;
yangi olma, nok va behi;
kivi.
Avvalroq go‘sht, tirik hayvonlar va ularni go‘shti, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirish, ularni sotish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilish taklif etilayotgani xabar qilingan edi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 35,6 ming tonna banan import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 16,7 ming tonnaga oshgan.