O‘zbekistonning "Tolibon"* hokimiyatini tan olish shartlari ma’lum qilindi

O‘zbekiston "Tolibon"* hokimiyatini tan olishi uchun bir qator shartlarni bajarishi kerakligini ma’lum qildi
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekiston "Tolibon"* hokimiyatini tan olish shartlarini ma’lum qildi. Bu haqda Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev aytib o‘tdi.
“Nafaqat O‘zbekiston delegatsiyasi, balki barcha ishtirokchi davlatlar uchun gumanitar falokat yaqinida turgan Afg‘oniston xalqiga yordam qo‘lini cho‘zish asosiy maqsad bo‘lib qoladi. Ustiga-ustak qish ham yaqinlashmoqda”,– deydi Irgashev.
Rossiya toliblarni inklyuziv hukumat tashkil qilishga chaqirdi – Lavrov
Diplomat so‘zlariga ko‘ra,O‘zbekiston toliblar hokimiyatini tan olishi uchun u qo‘yidagi shartlarni bajarmog‘i kerak:
– Doha shartnomasidagi majburiyatlarini bajarishi;
– Afg‘oniston jamiyatining barcha siyosiy tomonlarini ifodalovchi hukumatni tashkil etishi;
– Inson va ayollarning asosiy huquqlarini ta’minlashi;
– Qo‘shni davlatlarni xatarga qo‘yib Afg‘oniston hududidan terrorchilar foydalanishlariga yo‘l qo‘ymasligi.
"Tolibon"* hukumatini tan olish barcha sherik davlatlar tomonidan kelishilgan qadam bo‘ladi, hech kim boshqalardan ajralib turmaydi, lekin hozircha tan olish uchun imkoniyat yo‘q", – dedi u.
* – Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.