TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan jalb qilinayotgan rus tili o‘qituvchilari sonini 1000 kishiga yetkazishni rejalashtirgan, dedi RIA Novostiga O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev.
Shu kunga qadar O‘zbekistonda "Klass!" loyihasi doirasida ishlagan rossiyalik o‘qituvchilar soni 200 kishidan oshgan.
“Bugungi kunda respublikaning turli burchaklaridagi maktablarda 130dan ortiq o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ular Rossiyadan kelib O‘zbekistonda ishlamoqda”, - dedi Sharifxo‘jayev jurnalistlarga.
Rossiyalik o‘qituvchi va metodistlar "Klass!" loyihasi doirasida O‘zbekistonga kelishgan. Ushbu loyiha respublikada maktab o‘qiuvchilarining rus tilini o‘rganishi darajasini oshirishga qaratilgan.
Sharifxo‘jayev aytishiga ko‘ra, loyiha doirasida rossiyalik o‘qituvchilar O‘zbekistonga bir akademik yilga kelishadi. Loyihaning o‘zi esa 10-yilga mo‘ljallangan, lekin uni amalga oshirish moliyalashtirishga bog‘liq, dedi mutaxassis.
"Klass! loyihasi Rossiya va O‘zbekiston ta’lim vazirliklari kelishuvi hamda Alisher Usmonovning “San’at, fan, sport” xayriya fondi ko‘magi asosida o‘tgan yilning oktabr oyida ish boshlagan edi. Loyiha 10-yilga mo‘ljallangan bo‘lib uni amalga oshirishda Rossiyaning Gersen nomidagi Rus tili instituti va O‘zbekiston o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.