Yevropa O‘zbekistonning Afg‘onistonga ko‘rsatgan gumanitar yordamini yuqori baholadi

O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlari Yevropa tomonidan yuqori baholandi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov kuni kecha Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” va “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Afg‘onistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlari Yevropa tomonidan yuqori baholandi.