Alisher Usmonov nomzodi yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga ilgari surildi

Tadbirkor Alisher Usmonov 2008-yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov nomzodi yana Xalqaro qilichbozlikfederatsiyasi (FIE)prezidentligiga ilgari surildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 27-noyabr kuni Shveysariyada o‘tkaziladigan FIEning Kongressida Usmonov nomzodi ko‘rib chiqiladi.
Sentabr oyida O‘zbekistonda o‘tgan Osiyo, Pan Amerika va Afrika qilichbozlik konfederatsiyalarining kongressida har uch mintaqa Alisher Usmonovga bo‘lajak saylovda uni qo‘llab-quvvatlashini bildiruvchi xat yo‘llagan edi.
Alisher Usmonov eng saxiy xayriyachi sifatida e’tirof etildi
Alisher Usmonov 2008-yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U FIEga 2012 va 2016-yillarda qayta saylangan.